Fizioterapiya va reabilitatsiya bo'limi jarrohlik amaliyotidan so'ng, kasallik yoki shikastdan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtirishga mo'ljallangan.
1. Tiklanish sari birinchi qadam
2. Individual dasturlar asosida davolash
Har bir bemor uchun holatiga qarab alohida fizioterapiya va reabilitatsiya dasturi tuziladi — bunda ularning sog'lig'i, holati va ehtiyojlari hisobga olinadi.
3. Zamonaviy usullar va texnologiyalar
Massaj, elektroterapiya, lazer terapiya, ultratovush, harakat mashqlari va boshqa innovatsion metodlar orqali tiklanish samaradorligi oshiriladi.
4. Mutaxassislar nazoratida tiklanish
Reabilitolog, fizioterapevt va instruktorlar bemorni to'liq nazorat qilib boradi. Har bir mashq va muolaja sog'lom tiklanishga yo'naltiriladi.
5. Hayot sifatini oshirish yo'lida
Bo'limimizning asosiy maqsadi — bemorning harakatlanish qobiliyatini tiklab, ularni kundalik hayotga qaytarish, faol va mustaqil yashashga yordam berish.