Neyroxirurgiya — bu bosh miya, orqa miya va asab tizimi bilan bog'liq kasalliklarni aniqlash va jarrohlik yo'li bilan davolash sohasidir. Bu murakkab va yuqori aniqlikni talab qiladigan yo'nalish hisoblanadi.
1. Murakkab asab tizimi kasalliklarini davolash
2. Zamonaviy diagnostika va texnologiyalar
Bizning markaz neyroxirurgik operatsiyalarni o'tkazishda ilg'or uskunalar va MRT, MCKT kabi yuqori aniqlikdagi diagnostika vositalaridan foydalanadi.
3. Yuksak malakali mutaxassislar
Neyroxirurglarimiz tajribali, xalqaro standartlarga javob beruvchi mutaxassislar bo'lib, har bir bemor holatiga individual yondashuvni ta'minlaydi.
4. Minimal invaziv operatsiyalar
Ko'plab operatsiyalar endoskopik uslubda, ya'ni minimal kesimlar orqali amalga oshiriladi. Bu usul bemor uchun kamroq og'riq va tezroq sog'ayishni anglatadi.
5. Reabilitatsiya va tiklanish jarayoni
Operatsiyadan so'ng bemorlar maxsus reabilitatsiya dasturi asosida sog'lig'ini tiklaydi. Shifokorlarimiz tiklanish jarayonini doimiy nazorat ostida olib borishadi.