Shox International Hospital

ShoxMed · shox.hospital

Maxfiylik siyosati

ShoxMed ilovasi va shox.hospital sayti foydalanuvchilarining shaxsiy va tibbiy ma’lumotlari qanday yig‘ilishi, ishlatilishi va himoya qilinishi.

Oxirgi yangilanish: 23-noy, 2026

1. Ma’lumotlarni kim boshqaradi

ShoxMed ilovasi va shox.hospital sayti Shox International Hospital klinikasiga tegishli. Siz kiritgan va klinikada shakllanadigan ma’lumotlarni klinika boshqaradi. Ilova va sayt MedTime platformasida ishlaydi: platforma operatori ZERO SOFT SERVICE LLC ma’lumotlarni klinika topshirig‘i bilan saqlaydi va qayta ishlaydi.

Tashkilot
Shox International Hospital
Manzil
Oybek ko‘chasi, 34-uy, Toshkent shahri
Telefon
1183 · +998 71 202 02 12
Elektron pochta
info@shoxmed.uz

2. Qanday ma’lumotlar yig‘iladi

  • Ism va telefon raqami — ro‘yxatdan o‘tish va SMS kod orqali kirish uchun.
  • Tibbiy ma’lumotlar: qabullar va tashriflar, tibbiy karta, chek orqali bemor yozuvini hisobingizga bog‘lash.
  • Oila a’zolari: ismi va qarindoshlik turi (agar ularni qo‘shsangiz).
  • Profil rasmi (agar yuklasangiz).
  • Support chatdagi xabarlar va yuborilgan fayllar.
  • Shifokor va xizmatlarga yozilgan sharhlar, saqlangan shifokorlar.
  • Joylashuv — faqat ruxsat bersangiz va faqat so‘rov paytida, eng yaqin filialni ko‘rsatish uchun.
  • Qurilma identifikatori va push token — bildirishnomalar yuborish uchun.
  • Anonim texnik ma’lumotlar: ilova versiyasi, platforma, xato kodlari va ishga tushish vaqti. Ularda foydalanuvchi identifikatori bo‘lmaydi.

Saytda faqat ishlashi uchun zarur cookie fayllar (til, kirish sessiyasi) ishlatiladi. Reklama va kuzatuv cookie fayllari yo‘q.

3. Ma’lumotlar nima uchun ishlatiladi

  • Tibbiy xizmat ko‘rsatish: qabulga yozish, tashriflar, tibbiy karta va natijalarni ko‘rsatish.
  • Hisobingizga kirish va uni himoya qilish (SMS orqali tasdiqlash).
  • Support chat orqali savollaringizga javob berish.
  • Qabullar, natijalar va javoblar haqida bildirishnomalar yuborish.
  • Ilova va sayt barqaror ishlashi uchun xatolarni topish (anonim ma’lumotlar asosida).

Ma’lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi va sizni boshqa ilova yoki saytlar bo‘ylab kuzatish (tracking) uchun foydalanilmaydi.

4. Ma’lumotlar kimlarga beriladi

Ma’lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida hech kimga berilmaydi. Ular faqat xizmat ishlashi uchun zarur hajmda quyidagi xizmat ko‘rsatuvchilarga uzatiladi:

  • MedTime (ZERO SOFT SERVICE LLC) — platforma va serverlar.
  • SMS provayder — tasdiqlash kodlari va xabarnomalarni yetkazish.
  • Expo, Apple va Google — push bildirishnomalarni qurilmangizga yetkazish.

Qonunda belgilangan hollarda ma’lumotlar vakolatli davlat organlarining rasmiy so‘roviga binoan taqdim etilishi mumkin.

5. Xavfsizlik

  • Ilova, sayt va server o‘rtasidagi barcha ma’lumotlar HTTPS (shifrlangan ulanish) orqali uzatiladi.
  • Telefonda kirish sessiyasi iOS Keychain yoki Android Keystore himoyalangan xotirasida saqlanadi.
  • Ilovaga ixtiyoriy PIN-kod va Face ID (biometrik) qulfini o‘rnatish mumkin.
  • Tibbiy ma’lumotlarni faqat vakolatli klinika xodimlari ish uchun zarur hajmda ko‘radi.

6. Saqlash muddati

  • Hisob va profil ma’lumotlari — hisobingiz faol bo‘lgan davrda. Hisobni o‘chirsangiz, ular o‘chiriladi.
  • Tibbiy yozuvlar (tashriflar, tahlil natijalari, shifokor xulosalari) — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tibbiy hujjatlar uchun belgilangan muddat davomida, kamida 5 yil, klinika tizimida saqlanadi.
  • Texnik jurnallar — 12 oygacha.

Muddat tugagach, ma’lumotlar xavfsiz o‘chiriladi yoki anonimlashtiriladi.

7. Sizning huquqlaringiz

  • Ma’lumotlaringizni ko‘rish — ilovada yoki saytdagi shaxsiy kabinetda.
  • Noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatish — profil bo‘limida yoki klinikaga murojaat qilib.
  • Hisob va ma’lumotlarni o‘chirish — ilovada, shaxsiy kabinetda yoki murojaat orqali.
  • Rozilikni qaytarib olish va bildirishnomalardan voz kechish.

Murojaat uchun +998 71 202 02 12 call-markaziga qo‘ng‘iroq qiling yoki info@shoxmed.uz manziliga yozing. So‘rovlar 30 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Hisobni o‘chirish tartibi

8. Bolalar

Ilova va sayt bolalar uchun mo‘ljallanmagan va ularga yo‘naltirilmagan. Voyaga yetmagan oila a’zolarining ma’lumotlarini hisob egasi — ota-ona yoki qonuniy vakil kiritadi va ular uchun javob beradi.

9. O‘zgarishlar

Siyosat o‘zgarsa, yangi tahriri shu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi “Oxirgi yangilanish” sanasi yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar haqida ilova orqali ham xabar beriladi.

10. MedTime platformasi hujjatlari

Ilovadagi Profil → Maxfiylik siyosati ekranida ko‘rsatiladigan hujjatlar quyida to‘liq keltirilgan. Ular MedTime platformasidan olinadi, shuning uchun doim ilovadagi bilan bir xil.

Maxfiylik siyosati (MedTime)

Versiya 1.0.2 · Kuchga kirgan sana: 30-okt, 2026